Ijtimoiy tarmoqlarning birida "Karmana tumanidagi devorsiz, molxonadan sal yaxshiroq, xaroba va vayrona 13 maktab. Maktabning ko‘mir saqlashga imkoniyati yo‘q, devori yo‘q, ko‘mir uchun ombori yo‘q. Hokimiyatning esa, ularga sharoit yaratib berish uchun puli yo‘q" (sarlavha nomi tahrirsiz keltirilgan) sarlavhasi ostida e'lon qilingan ma’lumot yuzasidan

 

RASMIY MUNOSABAT

 

Ushbu holat yuzasidan Karmana tuman hokimligi, tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi tomonidan o‘rganib chiqilmoqda. O‘rganish natijalari yakuniga yetgach batafsil ma'lumot berilishini ma'lum qilamiz.