KARMANADA HOKIM VA YOSHLAR UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI
Bugun Karmana tumanidagi "Madaniyat markazi" ning majlislar zalida tuman hokimi Valijon Adizov, tuman hokimi o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot rahbarlari hamda yoshlar ishtirokida "Hokim va yoshlar" uchrashuvi tashkil etildi.
Tuman rahbari dastlab, innovator yoshlarning loyihalari bilan yaqindan tanishib chiqdi. Ularning loyihalarini yanada puxta qilgan holda hayotga tadbiq etish bo‘yicha bir qator tavsiyalar berildi. Shundan so‘ng, yoshlar bilan uchrashuv tashkil etilib, ularning muammo va takliflari tinglandi. Ushbu takliflarni ijobiy hal etish bo‘yicha mas'ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Uchrashuv davomida tengdoshlariga ibrat bo‘lib kelayotgan yoshlarga tuman hokimi tomonidan tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari taqdim etildi.