TUMAN HOKIMI INVESTORLAR BILAN UCHRASHDI
Bugun Karmana tumani hokimi Valijon Adizov, tuman hokimi o‘rinbosari Amriddin Akramov Xitoyning "Zarafshon Industrial Technology" MCHJ, "NAVOIY COLORTECH" MCHJ xorijiy kompaniya rahbarlari bilan uchrashdi.
Ushbu uchrashuvda dastlab, "NAVOIY COLORTECH" MCHJ xorijiy korxonasi tomonidan ftalosianin ishlab chiqarishni tashkil etishga mo‘ljallangan qiymati 25 mln. AQSH dollarlik loyihani qurilishiga start berildi.
Shuningdek, "Zarafshon Industrial Technology" MCHJ xorijiy korxonasi tomonidan qurilayotgan qiymati 1 mlrd. AQSh dollarini tashkil etuvchi loyihalarning qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishildi.