66Sardorlar Kengashi faoliyatini rivojlantirish oyligi

Joriy yilning mart oyi O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan "Sardorlar Kengashi faoliyatini rivojlantirish oyligi" deb e'lon qilindi.

Ushbu munosabat bilan Sardorlar faoliyatini rivojlantirish, ularga motivatsiya berish, hamkorlikda ishlash ko'nikmalarini shakllantirish maqsadida Karmana tumanidagi 6 - va 31 - maktab yoshlar yetakchilari hamkorligida Maktab Sardorlar Kengashi a'zolari uchun Seminar-trening tashkil etildi.

Seminar-trening davomida ikki maktab sardorlari o'zaro do'stona fikr almashib, tajribalari bilan o'rtoqlashdilar.

Jamoa bo'lib ishlash ko'nikmalarini shakllantirish, topqirlik, ijodkorliklarini yanada oshirish maqsadida qiziqarli motivatsion trening mashg'ulotlari o'tkazildi.

Tuman hokimligi axborot xizmati 15.03.2021 yil