01 124Behzod Savurov “Kelajak liderlari” klubi tanlovida gʻolib boʻldi

Salohiyatli yoshlarni davlat fuqarolik xizmatiga tayyorlash, ularda liderlik koʻnikmalarini shakllantirish, yosh kadrlarni seleksiya qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan “Kelajak liderlari” klubi faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Ushbu klubga aʼzolik 4 bosqichda, ochiq tanlov orqali amalga oshirildi.

20 yoshga kirgan va 35 yoshdan oshmagan davlat fuqarolik xizmatchilari, talabalar tanlovda ishtirok etishdi.

Yakuniy natijalarga koʻra, Xalq deputatlari Karmana tuman Kengashi deputati, Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzosi, Karmana tuman Ma’naviyat va ma’rifat bo’linmasi rahbari Behzod Savurov tanlovda gʻolib chiqdi.

Tuman hokimligi axborot xizmati 20.08.2021 yil