969696 75Karmana tuman hokimining yoshlar bilan uchrashuvi


2021 yilning 9-fevral kuni 1-sektor rahbari Karmana tuman hokimi F.Umarov tumandagi Oliy ta'lim muassasalariga kirish ko'rsatkichi bo'yicha qizil hududga kirgan 24-, 32-umumiy o'rta ta'lim maktablarida bo'ldi. Tashrif davomida makabda tashkil etilgan "Eng kitobxon maktab" loyihasida ham shaxsan ishtirok etib, tuman xalq ta'limi bo'limi mudiri Z.Ostonov hamda maktab ma'muriyatiga o'quvchilar o'rtasida kitob o'qishga bo'lgan qiziqishlarini oshirish, bu borada kitob marafonlari, turli ko'rik-tanlovlarni tez-tez tashkil etib borish bo'yicha topshiriqlar berildi.
Shuningdek, tuman hokimi bitiruvchi sinf o'quvchilarining ta'lim olishlari, pedagog xodimlarning bilim va malakalarini yaqindan kuzatib, o'zlarining hayotiy tajribalaridan kelib chiqqan holda hozirgi kunda jadallashib borayotgan zamonda bilimli kardirlarning o'rni xususida to'xtalib o'tdilar va o'quvchilarga o'z ustilarida yana ko'proq ishlashlari, ustozlari tomonidan berilayotgan bilim va malakalarni puxta egallashlari to'g'risida batafsil tushunchalar berdilar.
Bundan tashqari maktabda tashkil etilgan sport to'garaklarida ham faol ishtirok etib, o'quvchilarga a'lo kayfiyat ulashdilar.

Tuman hokimligi axborot xizmati 9.02.2021 yil