17 3PROKUROR KUBOGI: Final va natijalar

Karmana tumani 7-umumiy o'rta ta'lim maktabida o'quvchi yoshlar o'rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida Karmana tumani prokurori Suvonov Asqar Tohirovich tomonidan sportning futbol turi bo'yicha hamda kibersport turlari bo'yicha maktab o'quvchilari o'rtasida musobaqa tashkil etildi. Musobaqa juda qiziqarli va bahslarga boy bo'ldi yakunda futbol bo'yicha faxrli 3-o'rinni 10-B sinf o'quvchilari, 2-o'rinni 11-A sinf va faxrli 1-o'rinni 11-B sinf o'quvchilari qo'lga kiritdilar. Kibersport musobaqasining futbol yo'nalishi bo'yicha 10-B sinf o'quvchisi Ochilov Jahongir hamda "Blur" yo'nalishi bo'yicha 6-B sinf o'quvchisi Nurullayev Abramlar mutloq g'oliblikni qo'lga kiritdilar. Musobaqa yakunida barcha sovrindorlar tuman prokurorining faxriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

Tuman hokimligi axborot xizmati 05.05.2021 yil